Abstract:
So‘nggi vaqtlarda olimlar o‘rtasida
frazeologizmlarning madaniy axborot almashish funksiyasini, ya’ni
frazeologizmlarning semantik strukturasida bir necha avlodlarning
dunyoqarashi va dunyoni bilish sohasidagi tajribalarini aks ettirish
vazifalarini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Bunday vazifalarni
hal etishda turli tillarda frazeologizmlarning semantik va funksional
jihatlarini qiyosiy o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.