Abstract:
Patogenetik jihatdan ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shuningdek, ularning asoratlari G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida, Amerika qo‘shma shtatlari, Yaponiya, Rossiya, hamda O‘zbekistonda katta yoshdagi aholi orasida o‘lim va
nogironlikning asosiy sababchisi xisoblanadi. Qator ilmiy izlanishlar ateroskleroz tizimli kasallik ekanligini, u bir vaqtning o‘zida bir nechta xavzadagi qon tomirlarni turli darajada zararlashini va bu jarayon uzoq vaqt davomida xech qanday klinik belgilarsiz kechishini ko‘rsatadi. Bir sohadagi tomirlarning aterosklerozi boshqa sohadagi tomirlar zararlanishi uchun xavf omil (XO) bo‘lib xizmat qiladi.