Abstract:
Toshkent shahrining yosh aholisi orasida bronxial kasalliklarning qaytalanishi
tez-tez uchraydi. Shuning uchun organizmning qarshiligini oshirish uchun bunday
bemorlarni ambulator-poliklinik sharoitda o'z vaqtida va kompleks davolash kerak.
Bolalarda bronxitning takroriy turlarini reabilitatsiya qilishni optimallashtirish tibbiy
reabilitatsiyaning asosiy tamoyillarini amalga oshirishni o'z ichiga oladi: davolashning
uzluksiz va bosqichma-bosqich reabilitatsiya turlarini maksimal darajada o'z vaqtida
boshlash; davolashning kompleks xarakteri, ijtimoiy, psixologik va boshqa choratadbirlar, jarayonning borishini, bemor bolaning yoshi, turmush sharoiti va uslubini
hisobga olgan holda reabilitatsiya dasturini yaratishga individual yondashuv bo'lishi.