Abstract:
Og’ir o’tkir buyrak yetishmovchiligi (O’BY) rivojlanishini xavf va shikastlanish
bosqichlarida (RIFLE tasnifiga ko’ra) oldini olish mumkin. Birlamchi nefroproteksiya
(kalavachalar zararlanishini oldini olish) ya’ni dastlabki shikastlanish soatlarida buyrak arteriya va vena qon tomirlari orqali qonning adekvat oqimini tiklash orqali xavf va zararlanishni kamaytirib kalavachalarning og’ir shikastlanishi oldi olinadi. Bunda yurakning normal zarb hajmi, aylanib yuruvchi qon hajmining me’yoriyligi, gipoksiyani oldini olish, qon bosimini me’yorida saqlash va klinik ahamiyatga ega bo’lgan yurak ritmining buzilishlari va kamqonlikni oldini olish, yallig’lanishga qarshi davo va mos antibakterial davo, intoksikatsiya manbaini drenajlash yoki olib tashlash kabilar misol bo’la oladi; ikkilamchi nefroproteksiya esa F va L bosqichlarida olib borilib konservativ davo va dializ kabi boshqa efferent davolarni o’z ichiga oladi.