Abstract:
H.pylori bakteriyasi I – sinf kanserogenlarga kiradi va surunkali gastrit, oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, oshqozon adenokarsinomasi va oshqozon saratonini keltirib chiqaradi. H.pylori bakteriyasining aksariyat shtammlarida CagA oqsili sintezlanib onkogen hususiyatga ega. CagA oqsilining C-ohirgi uchida Glu-Pro-Ile-Tyr-Ala (EPIYA) aminokislotalar ketma-ketlikdagi motivi mavjud. Turli shtammlarda EPIYA motivining polimorfizmlari turlicha bo’lib, oshqozon-ichak kasalliklarining og’ir formalarining rivojlanishidagi asosiy marker hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda O’zbekistonda oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallangan 77 nafar bemorlar najasidan H.pylori CagA geni EPIYA motivlarini takrorlanishi PZR usulida aniqlandi. Natijada 23 nafar bemorlar najasidan H.pylori CagA geni aniqlandi. 23 ta namunadan EPIYA-ABC motivi (46,7 %) boshqa motivlarga qaraganda ko’proq uchraganligi kuzatildi. EPIYA-ABC, ABCC, ABCCC motivlarining ulushi 78,13 % ni tashkil qildi. 8 ta namunada koinfeksiya aniqlandi