Abstract:
Brucella turidagi bakteriyalar o‘tkir yuqumli fokal zoonoz infeksiyalar
guruhiga mansub bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolardan biridir. U
mushak-skelet va asab tizimlariga, limfa tugunlariga va boshqa ba’zi inson
a’zolariga ta’sir qilishi mumkin. Brutsellalar tomonidan kelib chiqadigan yuqumli
kasallik o‘z vaqtida davolanmasa nogironlikka olib keladi. 1950-yillarda
brutsellyozni qon quyish orqali yuqtirish isbotlangan. Shuning uchun donorlarda
brutselezga tekshirish qon va uning tarkibiy qismlarini kuyishda infeksion
xavfsizlik prinsipiga kiradi.