Abstract:
Qon tarkibiy qismlarini quyish transfuziologiyaning asosiy qismi bo‘lib,
shifoxonalarda malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Qon
preparatida gemotransmissiv infeksiyalar, biokimyoviy ko‘rsatkichlar, xilyoz,
gemoliz, fibrinoliz holatlari kuzatilganda qon preparatlari yaroqsiz deb baholanadi.
So‘nggi 10 yil ichida yangi texnologiyalarni takomillashtirish gemotransmissiv
infektsiyalarni tashxislash imkoniyatlarini oshirishga yordam berdi.
Transfuziologiyaning asosiy shartlaridan biri qon quyish terapiyasi uchun
zamonaviy sifat va xavfsizlik talablariga javob beradigan qon komponentlarini
tayyorlash va quyishdir. Gemotransmissiv infeksiyalar orasida TORCH –
guruhidagi infeksiyalar: T (Toxorlasmosis - toksoplazmoz), O (Other diseases -
boshqa infeksiyalar, yaʼni suvchechak, oʻrab oluvchi temiratki, xlamidioz,
gonokokkli infeksiya, listerioz va b.q.), R (Rubella - qizilcha), C (Cytomegalia -
sitomegalovirusli infeksiya - CMVI) va H (Herpes simplex – oddiy gerpesni 1 va 2
tiplari) muhim oʻrin egallaydi.