Abstract:
leykozlar gemopoetik hujayralardan rivojlanuvchi o‘smalar hisoblanadi.
Biz o'smani bitta mutatsiyaga uchragan hujayradan yuzaga keluvchi yomon
boshqariladigan ortiqcha to'qima deb ataymiz. O'tkir leykozning klinik
ko'rinishlarining spetsifik emasligini hisobga olgan holda, kasallikning tashxisi
laboratoriya va instrumental tekshiruvlar yordamida bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Birinchi bosqich - qon va suyak ko‘migi surtmalarini sitologik tekshirish.
Agar suyak ko‘migi surtmalarida blast hujayralar 20% dan ortiq topilsa, o'tkir leykoz
haqida o'ylash mumkin. Ikkinchi bosqichda o'tkir leykoz (O‘L) ikki guruhga bo'linadi:
o'tkir miyeloblastli leykoz (O‘ML) va o'tkir limfoblastli leykoz (O‘LL). Shu maqsadda
suyak ko‘migi namunalari sitokimyoviy va immunologic tekshiruvlardan o'tkaziladi.
Uchinchi bosqich - o'tkir leykozning ma'lum bir oqibati va xususiyatlariga ko‘ra uning
shakllari farqlanadi (Abdulqodirov, 2004).