Abstract:
Vena punksiyasi bajariladi va tomir harakat qilmasligi
uchun terini biroz cho'ziladi; tomir devorini igna bilan 15-30 daraja burchak ostida
teshiladi, bunda igna teshigi yuqoriga yo'naltirilgan bo’lishi kerak. Probirkani
shunday tutiladiki, qon probirka devori bo‘ylab oqishi kerak. To'ldirilgandan so'ng,
vakutaynerlarni 4-8 aralashtiriladi (koagulyatsion probirka - 4 marta, qolganlari -
8 marta) qonni aralashtiriladi. Harakat keskin bo'lmasligi kerak. Qon olingan
sohaga spirtli paxta qoyiladi va ignani tomirdan olib tashlanadi. 3-5 daqiqa
davomida qon olingan vena joyini spirtli paxta bilan bosib turiladi, bemorning
qo'lini tekislash so’raladi.