Abstract:
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, me’yoridan ortiqcha sitrus mevalarni iste’mol qilish, barcha yoshdagi aholi o‘rtasida allergik kasalliklarga moyillikni kuchaytirib, buning oqibatida turli hildagi toshmalar, yuqori nafas yo‘llari a’zolarining kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzini echirishda nafaqat sitrus mevalari, balki barcha mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish kerak. Shuning uchun gigiyena sohasi mutaxassislari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq qilishga qaratilgan tushuntirish ishlarini oli b borishlari maqsadga muvofiqdir.