Abstract:
Semizlikning tarqalish sur’atini iqtisodiy rivojlan gan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham epidemiya sifatida baholasa bo‘ladi. JSST tomonidan chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, semizli kning halokatli ko‘lamlarda o‘sishi 2014-yilda 1,9 mlrd yoshi katta aholining (18 yosh va undan katta) ortiq cha vaznga ega bo‘lishiga olib kelgan, ulardan 600 mln kishi semizlikdan aziyat chekkan. Agar ushbu tenden siyalar saqlansa, 2030-yilga kelib dunyo aholisining 60% ga yaqini, ya’ni 3,3 mlrd kishi ortiqcha vazndan
(2,2 mlrd) yoki semizlikdan (1,1 mlrd) aziyat chekishi mumkin [10].