Abstract:
Monografiyada koronavirus infeksiyasi rivojlanish mexanizmlarini, qondagi o‘zgarishlarni o‘rganish natijalari mavjud bo‘lib, bu so‘nggi yillarda dolzarb ilmiy muammolardan biriga aylandi. Monografiya mualliflarning ko‘p yillik kuzatishlari, tadqiqot ishlari natijasi bo‘lib, unda koronavirus infeksiyasida endoteliy disfunktsiyasining o‘zgarishlarni klinik laborator diagnostika tamoyillari shakllantirilgan. Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha boshqa mualliflarning ilmiy ishlarining batafsil talqini va tahlili berilgan. Monografiya gematologlar, infektsionistlar, terapevtlar, umumiy amaliyot shifokorlari va barcha tibbiyot mutaxassisliklariga bag‘ishlangan.