Abstract:
Stigmatizatsiya-bu jamiyat tomonidan biror shaxs, narsa yoki hodisaga qo`yiladigan asosi yo`q yoki asosi isbotlanmagan salbiy yorliq. JSST ma`lumotlariga ko`ra dunyoda 450 milliondan ortiq inson ruhiy buzilishlardan aziyat chekadi.(who. com)Stigmatizatsiya nafaqat bemorlarni ijtimoiy adaptatsiyasini pasaytiradi va hayot sifatiga ta`sir qiladi balki, shifokor bilan komplaynsiga ham salbiy ta`sir qiladi Stigma ruhiy muammolari mavjud insonlar va psixiatrlar orasidagi baryer bo`lib xizmat qiladi (Alvidrez, 2008). Tadqiqotlar natijalariga ko`ra meditsina xodimlaridagi ruhiy bemorlarga nisbatan negativ munosabatlar adekvat tibbiy yordam ko`rsatishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi (Kaushik2016).