Abstract:
Tadqiqot maqsadi: Surunkali piyelonefrit va glomerulonefritni antioksidantlar bilan kompleks
davolash va ikkilamchi profilaktikasini patogenetik asoslash uchun buyrak patologiyasi bo'lgan
bemorlarda erkin radikal oksidlanish holati va nefropatiya rivojlanishining patofiziologik
mexanizmlarini o'rganish.
Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqotga 24 nafar statsionarda aniqlangan, dispanser
kuzatuvida bo‘lgan “surunkali pielonefrit”, “surunkali glomerulonefrit (gipertonik shakl)”
tashxislari qo’yilgan, oxirgi 6 oyda ambulator davolanmagan bemorlar tanlab olindi. Umumiy klinik
tadqiqot usullari (UQT, UST, Nechiporenko bo'yicha siydik tahlili, mikroflora uchun siydik kulturasi
va antibiotiklarga sezuvchanlik) o'tkazildi. Biokimyoviy tadqiqot usullari qo'llanildi, kreatinin,
karbamid, umumiy oqsil miqdori aniqlandi. Antioksidant tizimning holati qon zardobidagi katalaza
va superoksiddismutaza (SOD) fermentlarining faolligi bilan baholandi.
Natijalar va xulosalar: Ushbu tadqiqot natijalari buyraklarning surunkali patologiyasi,
surunkali pielonefrit, surunkali glomerulonefrit (gipertenziv shakl) rivojlanish mexanizmlari
haqidagi tushunchalarni chuqurlashtiradi va kengaytiradi. Surunkali pielonefrit, surunkali
glomerulonefrit (gipertonik shakl) bilan og'rigan bemorlarni o'tkir bosqichda ham, ikkilamchi
profilaktika maqsadida ham antioksidantlar bilan kompleks davolash samaradorligining patogenetik
asoslari keltirilgan.