Abstract:
Jigar sirrozi profilaktik chora-tadbirlari sarasiga gepatit bilan kasallanishni
oldini olishga qaratilgan har qanday yondashuvlarni kiritish mumkin. Bundan
tashqari, quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi: dori-darmonlarni
o?zboshimchalik bilan qabul qilishni cheklash, zararli sanoat korxonalarida
ishlashdan qochish; shifokor tavsiyasiga ko'ra vitamin va mineral komplekslar
qabul qilish; yog'li, qovurilgan va achchiq ta'mli, konservalangan va yarim tayyor
mahsulotlarini iste'mol qilmaslik; yomon odatlardan, ayniqsa, alkogolli
ichimliklarni suiste'mol qilishdan bosh tortish; har yili ovqat hazm qilish
tizimining endoskopik tekshiruvidan o'tish; shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va
shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanish; virusli gepatit B ga qarshi vaktsina
olish.