Abstract:
Autoimmun gepatitning 81-86% ini 1-toifa tashkil qiladi. U zardobda
yadroga qarshi antitanalar (ANA) va silliq mushak antitanalari (SMA-silliq
mushak antitanalari) mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bemorlarning 70 foizi
ayollardir. Kasallik har qanday yoshda paydo bo'lishi mumkin bo'lsada, ko'pincha
40 yoshdan kiyin sodir bo'ladi. Biroq, tashxis odatda 50-60 yoshda qo'yiladi.
Bemorlarning 45 foizida boshqa autoimmun kasallik (masalan, autoimmun tiroidit,
sinovit, yarali kolit) hamroh bo'lsa, a'zolarga xos (organga xos) autoantitanalarni
topish ehtimoli past. Immunosupressiv terapiyaga (immunitet tizimini bostiradigan
dorilar bilan davolash) javob odatda ijobiy bo'ladi.