Abstract:
Qondagi ALT darajasini o'rganish asosan jigar, yurak va oshqozon osti bezining
og'ir kasalliklari va shikastlanishlarini tashxislash va prognozlashni osonlashtiradi.
ALTning normadan oshib ketishi unung darajasiga qarab engil yoki og'ir klinik
alomatlar, kasalliklarning namoyon bo'lishiga olib keladi. ALT ko'rsatkichlari
boshqa testlar bilan birgalikda katta diagnostik ahamiyatga ega bo?lib, kasallikni
tashxislash, davolash va prognoz qilishga yordam beradi.