Abstract:
Turli o‘simliklardan davo sifatida foydalanish juda qadim zamonlardan ma’lum.
Ibtidoiy davrda odamlar atrof-muxitdagi o‘simliklardan faqat oziq-ovqat uchun emas: bal ki ularning bezararligidan davo etish maqsadida turli shikastlanishlarda, xastalanishlar da qo‘llaganlar. O‘simliklarni bunday xususiyatlari og‘izdan-og‘izga o‘tib, keyinchalik yo zuv paydo bo‘lishi bilan ular tug‘risidagi ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Bunga misol qilib
eramizdan ancha oldin qoldirilgan Ebers papirusi, sopolga yozilgan ma’lumotlarni kelti rish mumkin. Tarix shuni ko‘rsatadiki, Osiyoning markazida va janubida joylashgan qa tor davlatlarda (Misr, Xindiston, Xitoy, Tibet va boshqalar) qadim zamondan bemorlar ni shifobaxsh o‘simliklar bilan keng miqyosida samarali davo qilib kelingan. Buni tasdiqi
sifatida «Jashur-veda» - «Xayot xakidagi fan»’, «Djud-shi» («SHifobaxsh dori-darmonlar
moxiyati») kabi qo‘lyozmalarni keltirish mumkin. Fitoterapiya tarixida ayniqsa, Abu Bakr
Muxammad ibn Zakiriya al Roziy, Abu Rayxon Beruniy, Ismoil al Jurjoniy, Abu Ali ibn Sino
va boshqalarning xissasi salmoqdidir. Bulardan Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asa ri olamshumul axamiyatga sazovordir.