Abstract:
Qonning umumiy tahlilida leykopeniya, limfotsitoz, EChT oshishi
kuzatiladi. Umumiy peshob tahlilida rangi qo'ng'ir jigarrangga aylanadi, tarkibida
bilirubin va o't kislotalari oshadi. Biokimyoviy tahlillarda ALT, AST va bilirubin
bog'langan fraksiyasi oshadi. Immunoferment analizda virus miqdori va unga
qarshi antitanalar, polimer zanjirli reaksiyada esa virus miqdori tekshiriladi.