Abstract:
Temir tanqisligi anemiyasi - bu temir tanqisligi tufayli gemoglobin sintezning buzilishi,
eritropoyezda susayish va to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar kelib chiqadigan kliniko gematologik kasallik. Temir tanqisligi kamqonligi eng koʻp tarqalgan 38 ta kasalliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Ushbu patologiya Rossiyada 50-60% ayollarda (60% homiladorlarda, 30% 2 yoshgacha bolalarda), Yaponiyada 70%, Yevropada - 7- 14% mavjud. Bizning mamlakatda yashirin temir tanqisligi 3 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning yarmidan ko‘pida aniqlanadi va balog‘at yoshidagilarning taxminan 25% ini tashkil etadi.