Abstract:
Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi klinik laborator
diagnostikaning uzviy ajralmas qismi bo’lib, klinik tashxis qo’yish va davolash
samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi.
“Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi” o’quv qo’llanmasida
gematologiyada keng qo’llaniluvchi sitologik tekshirish usullari, suyak ko’migi
strukturasi, faoliyati, normal gemopoez, gemopoetik omillar, anemiyalar
differensial diagnostikasida qon va suyak ko’migi sitologik diagnostikasi,
trombositopoez, trombositlarni sanash usullari, leykopoez, leykopoetik omillar,
o’tkir va surunkali leykozlar, tushunchasi, klassifikatsiyasi, asosiy klinik -laborator
markerlari, leykositoz, leykemoid reaksiya va leykozlar sitologik differensiasiyasi
to’grisida ma’lumot keltirilgan. Ikkinchi bob taxliliy qism bo’lib, unda testlar,
situation masalalar va ilova keltirilgan.
“Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi” o’quv qo’llanmasi klinik va
sitologik laboratoriya xodimlari, tibbiyot oily o’quv yurtlari tibbiy-biologiya
fakulteti talabalari va “Klinik laborator diagnostika” yo’nalishi magistratura va
klinik ordinatura talabalari uchun mo’ljallangan.