Abstract:
Sitologik tashxis klinik laborator diagnostikaning uzviy ajralmas qismi bo’lib,
shu jumladan onkologik kasalliklarga klinik tashxis qo’yish va davolash
samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi. “Rak oldi xolatlari, yaxshi va yomon sifatli o’smalar sitologik diagnostikasi” o’quv uslubiy qo’llanmasida hujayralar faoliyati, morfologik tuzilishi va xususiyatlari to’g’risida zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. O’quv uslubiy qo’llanmasida
asosan bachadon bo’yni kasalliklari sitologik tasnifi, reaktiv o’zgarishlari, o’sma
oldi kasalliklari, yaxshi va yomon sifatli o’smalar to’g’risida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi bob taxliliy qism bo’lib, unda testlar, situation masalalar va ilova
keltirilgan. “Rak oldi xolatlari, yaxshi va yomon sifatli o’smalar sitologik diagnostikasi”
o’quv uslubiy qo’llanmasi klinik va sitologik laboratoriya xodimlari, tibbiyot oily
o’quv yurtlari tibbiy-biologiya fakulteti talabalari va “Klinik laborator diagnostika”
yo’nalishi magistratura talabalari va klinik ordinatorlar uchun mo’ljallangan.