Abstract:
Dolzarbligi. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz-ovarial funktsiyasining buzilishi dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi, chunki u reproduktiv tizimning
keyingi kasalliklari va homiladorlikning asoratlariga olib kelishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz-ovarial
funktsiyasining buzilishini retrospektiv tahlil qilishdan iborat edi.
Materiallar. 2020 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha hayz-ovarial funktsiyasi buzilgan COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan 100 nafar ayolning tibbiy xuj-
jatlarini retrospektiv tahlili o‘tkazildi. Ulardan 65 ayol (65%) 18 yoshdan 30 yoshgacha, 25 ayol (25%) - 31 yoshdan 35 yoshgacha va 10 ayol (10%) - 36 yoshdan 40 yoshgacha. Tadqiqotda ayollarning o‘rtacha yoshi 28±0.4 yoshni tashkil etdi.
Xulosa. COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz-ovarial funktsiyasining buzilishini retrospektiv tahlilli, koronavirusning hayz-ovarial funktsiyasiga ta’sirini tasdiqlaydi. Tadqiqotga kiritilgan ayollarda hayz-ovarial funktsiyasi buzilishining quyidagi turlari aniqlandi: 17% da amenore, - 21% da oligomenoreya, 17% da dismenoreya va 45% bemorlarda anomal bachadondan qon ketishi. Xayz-ovarial buzilishlarining o‘rtacha davomiyligi 3,8 oyni tashkil yetdi. Retrospektiv tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan kasallangan ayollarda hayz-ovarial funktsiyasining buzilishi xavfi yuqori. Og‘ir
va uzoq davom etadigan COVID-19 kasalligi keyinchalik bu xavfni 2,5 baravar oshiradi.
Kalit so‘zlar: COVID-19, xayz tsikli, ovarial funktsiya, xayz-ovarial buzilishlari, retrospektiv taxlil