Abstract:
COVID-19 pandemiyasining yuzaga kelishi tibbiyot birlashmalari oldiga yechish mushkul bo'lgan bir qator yangi vazifalarni qo'ydi. Dermatologiya amaliyotida nafaqat yangi koronavirus infeksiyasining terida namoyon bo'lish belgilarini qayd etish va aniqlash,
tavsiflash va to'xtatish, balki shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tufayli kasbiy dermatitga duchor bo'lgan hamkasblarimizga tibbiy yordam ko'rsatish zaruriyati ham tug'ildi. Bundan tashqari, epidemiologik cheklovlarni inobatga olgan holda. o'tkir va
surunkali dermatozli bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko'rsatishni ta'minlash kerak