Abstract:
Ishning maqsadi. Etanol, CCl4ni alohida va ularning kombinatsiyasini
surunkali qabul qilgan kalamushlarda organlarning umumiy holatini o‘rganish.
Materiallar va usullar. Tajriba og‘irligi 140-180 g bo‘lgan 35 ta laboratoriya
erkak kalamushlarda o‘tkazildi. Nazorat guruhidagi hayvonlar (n=5) suvga erkin
kirish imkoniyati mavjud vivariy dieta sharoitida saqlangan. Eksperimental
guruhlardagi kalamushlar quydagilarni qabul qildi: 2 guruh CCl4 ni teri ostiga
yuborish (zaytun moyidagi 50% eritma, 0,2 ml / 100 g tana vazni, n = 5), 3-guruh
per-os 12% spirt (n = 5), 4-guruh kalamushlari teri ostiga in’ektsiya CCl4 (50%
zaytun moyidagi eritma, 0,2 ml/100 g tana vazni) + 12% per-os (n=5) , 12% spirt 60
kun (n=5), 12% spirt 150 kun (n= 5), 12% spirtni 210 kun davomida ichish shaklida
(n=5). Tana vaznini o‘rganish tadqiqotdan oldin, tadqiqot davomida va undan keyin
o‘tkazildi, tadqiqot oxirida organlarning (jigar, oshqozon, oshqozon shilliq qavati,
o‘n ikki barmoqli ichak, o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavati) massasi
o‘lchandi