Abstract:
“Laboratoriya ishi” o‘quv qo‘llanmasida hujayralar rivojlanishi, ularning faoliyati, morfologik tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda qon klinik tahlili, eritrositlar, gemoglobin, leykositlar, anemiyalar va leykozlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda buyrak kasalliklari laborator diagnostikasi, peshob tahlili, buyrak faoliyatini tekshirish usullari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Uchinchi bobda jigar kasalliklari laborator diagnostikasi, biokimyoviy qon tahlili, 4-bobda yurak va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari laborator diagnostikasi, 5-bobda esa qon ivish tizimi, gemostaz to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.
Shu bilan birga har bir bobda analitik qism bo‘lib, unda mashg‘ulotda foydalanadigan pedagogik texnologiya, vaziyatli masalalar, testlar, grafik organayzer, amaliy qism va nazorat savollari berilgan.
“Laboratoriya ishi” o‘quv qo‘llanmasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari “Laboratoriya ishi” yo‘nalishi magistratura va klinik ordinatura talabalari va “Klinik laborator diagnostika” ixtisoslashtirish kurslari kursantlari, umumiy klinik laboratoriya xodimlari uchun mo‘ljallangan.