Abstract:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda choziluvchan bakterial
bronxit (CHBB) surunkali nam yo'talning belgilari yoki
boshqa o'ziga xos sabablari bo'lmagan keng tarqalgan
sababidir va uni tuzalishi odatda tegishli peroral
antibiotikining 2 haftalik kursidan keyin sodir bo'ladi.
Odatda instrumental tadqiqotlar talab qilinmaydi va
tashxis asosan klinik belgilarga asosan qoyiladi.
CHBB bilan og'rigan bemorlarda bronxoalveolyar
lavajda (BAL) topilgan eng keng tarqalgan
bakteriyalarga Haemophilus influenzae, Streptococcus
pneumoniae va Moraxella catarrhalis kiradi.
Amoksitsillin-klavulanat eng ko'p qollaniladigan
antibiotik hisoblanadi, chunki yo'talni to'xtatish uchun
ba'zida birinchi qator sifatida uzoq muddatli terapiya (2
haftadan ortiq) talab qilinadi, uzoq muddatli
antibiotiklar bilan davolanishga qaramay, nam yo'tal
davom etsa, qiyosiy taxlil o’tkazish kerak.
Bundan tashqari, CHBB va bronxoektazlar o'rtasidagi
bog'liqlik haqida bir nechta fikrlar mavjud, chunki
so'nggi dalillar shuni ko'rsatadiki, takroriy CHBB (yiliga>
3 epizod) va pastki nafas yo'llarida H. influenzae
infektsiyasining mavjudligi bronxoektaz rivojlanishida
muhim xavf omillari deb xisoblanadi. Bu CHBB bilan
og'rigan bolalarni diqqat bilan kuzatib borish
muhimligini va bronxoektaz kasalligi xavf omillari
bo'lgan bemorlarda ko'krak qafasining kompyuter
tomografiyasini (KT) o’tkazishni zarurligini ta'kidlaydi.