Abstract:
Gemorragik vaskulit immunokompleks kasalliklar guruxiga kiradi. Bu kasallik xaqida ilk marotaba 1837 yilda Shenleyn yozib qoldirgan. Yillar davomida kasallik xaqida malumotlar ko’payib bordi lekin kasallikning etiologiyasi va patogenezi xaqida yagona to’xtamga kelinmagan. Adabiyotlarda kasallikning turli nomlarini ko’rish mumkin: Shenleyn-Genox kasalligi, Shenleyn-Genox sindromi, anafilaktoid purpura, kapillyarotoksikoz, allergik vaskulit va boshqalar. Nasonova V.A. va Tareeva E.M. larning taklifiga ko’ra 1959 yildan boshlab bu kasallik gemorragik vaskulit deb atalgan [11,14, 12]