Abstract:
Ushbu maqolada revmatoid artritli bemorlarda buyrak disfunksiyasi fibroz markyorlari orqali
o‘rganildi. Unga ko‘ra revmatoid artritli bemorlarda buyrak zararlanishi kasallikning klinik bosqichiga,
davomiyligiga hamda bemorlarning yoshiga mos ravishda bog‘liqligi aniqlandi. Seropozitiv revmatoid artritli
bemorlarda buyrak zararlanishi ko‘proq uchradi. Bemorlar guruhlarida fibroz markyorlari bo‘lgan TGF-β1 bilan
sistatin-C o‘rtasida bog‘liqlik o‘rganilib, ikkala markyorning qondagi miqdori ortib borishi bilan buyrakning
funksional holatini baholash mezoni bo‘lgan koptokchalar filtratsiya tezligi (KFT) kamayishi tasdiqlandi. Revmatoid
artritli bemorlarda fibroz markyorlari hamda buyrakning KFT ko‘ra SBKining bosqichlari aniqlandi.