Abstract:
Maqolada ankilozlovchi spondiloartritli bemorlarda minerallar almashinuvining buzilishini
oʻrganish boʻyicha oʻz tadqiqotimiz maʼlumotlari keltirilgan. Tadqiqot natijasiga koʻra minerallar almashinuvining
buzilishi erkaklarga nisbatan asosan ayollarda kuzatildi, HLA-B27 antigeni aniqlanishi boʻyicha minerallar
almashinuvi buzilgan bemorlarda ustunlik aniqlandi. Bazis yalligʻlanishga qarshi davolash fonida minerallar
almashinuvi buzilishlarini korreksiya qiluvchi dori vositalarini qoʻllash orqali ankilozlovchi spondiloartritga
chalingan bemorlarda kasallikning klinik- laborator faolligini pasaytirish hamda hayot sifatini yaxshilashga erishildi.