Abstract:
Ichakning yallig‘lanish kasalliklarida bo‘g‘im sindromi keng doirada uchraydi,
40% gacha bemorlarda bo‘g‘im shikastlanishi turli xil variantlarda kechadi. Odatda ichakning
yallig‘lanish kasalliklarida seronegativ artralgiya yoki artritlar aniqlanadi, yarali kolit bilan
kasallangan bemorlarning 5-10% ida, Kron kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning 10-20% ida
rivojlanadi.