Abstract:
Zamonaviy klinik amaliyotda yurak glikozidlari (YuG)
bo‘lgan o‘simliklardan turli preparatlar qo‘llaniladi. YuG dan foydalanishning
dolzarbligi ularning yurakka selektiv ta’siri, eng tejamkor, samarali faoliyatni
ta’minlash va yurak mushaklarining samaradorligini oshirish bilan izohlanadi.
Shu munosabat bilan, YuG kattalar va bolalarda turli xil etiologiyali yurak
57
etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ishlatiladi. Rivojlangan
mamlakatlarda yurak etishmovchiligi kattalar aholisining 1-2 % va 70 yoshdan
oshganlarning 10 % dan ko‘prog‘ida uchraydi