Abstract:
Yaqin vaqtgacha buyrak qon oqimining buzilishi, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish va chekish tufayli eritropoetin sintezining kuchayishi bilan bog‘liq kompensator eritrositoz o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) ning
uzoq muddatli kechishining asosiy belgilaridan biri hisoblangan. Yaqinda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar O‘SOK
bilan og‘rigan bemorlarda normoxrom normositar anemiyani ko‘rsatdi. O‘SOKda kamqonlikni uchrashini o‘rganish
natijalari juda katta farq qildi - 7,5 dan 33% gacha. Kamqonlik O‘SOKning tizimli namoyon bo‘lishimi yoki qo‘shma kasallikmi degan savol hozirda dolzarb masala. Maqolada O‘SOK va kamqonlik o‘rtasidagi bog‘liqlik muammosi bo‘yicha
adabiyotlarni ko‘rib chiqish keltirilgan.