Abstract:
Ushbu maqolada homdadorligida COVID-19 bilan bog'liq fetoplatsentar disfunkt-
siyasini o'tkazgan tuqqan ayollarda platsentaning morfologik tadqiqot natijalari keltirib o'tilgan. Tadqiqotda COVID-19 tashxisi qo'yilgan 50 nafar homilador ayolda platsenta biopsiyasi preparatlari natijalari tahlil qilindi. COVID-19 bilan bog'liq fetoplatsentar disfunktsiya bilan asoratlangan tuqqan ayollarda platsentasining tekshiruvi natijalari, platsenta maydonining kamaysbi, xorion villalarining tuzilishidagi buzilishlarni, shuningdekyallig'lanish belgilari bo'lgan hujayralarsonining ko'payganligini aniqlandi. Ushbu natijalar COVID-19 kasalligi chaqiruvchiSARS-Cov- 2 virusining platsentaga ta’siriniyaxshiroq tushunishga va COVID-19 bilan kasallangan homila
dor ayollarda fetoplatsentar disfunktsiya rivojlanish sabablarini aniqlashgayordam beradi.