Abstract:
Maqolada yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda antiagregant terapiya fonida rivojlangan rezistentlik
holatining genetik omillari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tavsifi keltirilgan. Antiagregant preparatlarga nisbatan paydo bo‘lgan rezistentlik hodisasi trombotik asoratlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Antiagregantlarga
nisbatan rezistentlikning tarqalishi asetilsalitsil kislotasi uchun 5% dan 45% gacha, klopidogrelga nisbatan 20%
dan 45% gacha va ikki antiagregant birga qo‘llanganda esa 6-8% gacha holatda kuzatiladi. Maqolada ASKga
rezistentlik rivojlanishidagi klinik va genetik omillar, jumladan COX-1 va COX-2, GP1BA, ITGB3, ITGA2 -
trombotsitlar retseptorlari va GPIIb/IIIA glikoprotein retseptorlari bo‘linmasining genlarini kodlaydigan PTGS1,
PTGS2 genlari, mikro RNK, ya'ni miR-19b-1-5p larning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Klopidogrelga rezistentlik
rivojlanishida esa giperglikemiya, ateroskleroz va CYP2C19*2 gen polimorfizmining muhim ahamiyatga ega
ekanligi yoritib berilgan.