Abstract:
Bronxial astma muammosi global xarakterda ekanligi tufayli ushbu surunkali kasallik haqida xabardorlikni oshirish, kasallikni oldini olish va davolashni yaxshilash zamonaviy tibbiyot oldidagi dolzarb muammodir. Ushbu maqolada bronxial astma bilan kasallangan bemorlar diagnostikasi va davolash tamoyillari boʻyicha Global Astma Tashabbusida (GINA) 2021-2023 yillarda boʻlgan oʻzgarishlarning ilmiy manbalardan foydalangan holda tahlili keltirilgan. Kasallikning har bir bosqichi uchun mos davolash boʻyicha tavsiyalar sxemaalgoritmlar shaklda berilgan. Mualliflar maqolada GINAda kiritilgan oʻzgarishlarga asos boʻla olgan ilmiy tadqiqotlarga ham havola keltirilgan.