Abstract:
Tadqiqotga tizza bo‘g‘imi osteoartritiga chalingan 54,5±4,4 yoshdagi va kasallikning rentgenologik 0-bosqichini 43,8 % , I bosqichini – 40 % va II bosqichini 16,2% tashkil qilgan 50 nafar bemorlar jalb qilinib, ular asosiy va nazorat guruhlariga ajratilgan. Asosiy guruhga tog‘ay oligomer matriks oqsili (TOMO) miqdorini kamaytirishga qaratilgan davo va nazorat guruhiga an’anaviy davo qo‘llanilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, tizza bo‘g‘imi OAda taklif berilgan usulni qo‘llanilishi an’anaviy usuldan bemorlarning qon zardobidagi TOMO miqdorini kamayishi bilan farqlanib, bo‘g‘imlarning funktsional faoliyatini yaxshilash va saqlashda muhim o‘rin tutadi. Bunda TOMO dinamikasiga qaratilgan davolash usuli an’anaviy usuldan tog‘ayda parchalanish jarayonlarni zo‘rayishini xaqqoniy so‘ndirishi bilan farqlanadi