Abstract:
Ushbu ishda noalkogolli yog‘li jigar kasalligi (NAYJK)bilan xastalangan bemorlarda godex qo‘llanilishi 86 nafar bemorlarda o‘rganildi. Godex (CelltrionPharm. Inc., Koreya) dorisi bemorlar orasida katta qiziqish uyg‘atmoqda. O‘tkazilgan telshiruv natijasida NAYJK bilan xastalangan bemorlarda godexning ijobiy ta’sirga ega ekanligi tasdiqlandi, ya’ni bemorlarda klinik xolati va bioximik tekshiruvlar natijasi godex qo‘llanishi natijasida sezilarli yaxshilandi. Olingan natijalarga tayanib, godexni NAYJK bilan xastalangan bemorlarga keng qo‘llanishi tavsiya etiladi.