Abstract:
Hozirgi kunda bachadon boʻyinchasi saratoni (BBS) ayollar orasida uchraydigan
asosiy saraton turlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda skrining va profilaktik
usullarning keng tatbiq etilgani hisobiga kasallik holatlarining kamayishi yoki ularning
erta bosqichlarda aniqlanishi uchramoqda. Bachadon boʻyinchasi saratoni
bachadonning pastki qismi hisoblangan boʻyinchadan rivojlanadi. Kasallik prognozi
kasallikning qaysi bosqichda aniqlanishi va mavjud yondosh kasalliklarga bogʻliq
boʻladi. BBS IIA bosqichida asosan radikal gisterektomiya, kimyoterapiya va nur
terapiya kabi davolash usullari qoʻllaniladi. IIB bosqichida esa davolash maqsadida
kimyo-nur terapiyasi (CCRT) va radikal gisterektomiya qoʻllaniladi. Neoadyuvant
kimyoterapiya (NAKT) oʻsma hujayralarini gipoksik va nekrotik holga keltiradi va
oʻsma oʻlchamini sezilarli darajada kichraytiradi. BBSni davolashda zamonaviy
usullar sifatida immunoterapiya, target terapiya, kombinirlangan terapiya, genetik
yondashuvlar qoʻllaniladi.