Abstract:
Bachadon tanasi saratoni (BTS) ayollar xavfli o‘smalari ichida keng tarqalgan
bo‘lib, tarqalishi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarda birinchi o‘rinda, rivojlanayotgan
mamlakatlarda esa ikkinchi o‘rinda turadi. Ma’lumki, bir xildagi tasnifiy kichik
guruhga kirgan bemorlarni davolash natijalari bir-biridan farq qiladi, shuning uchun bu
belgilar kasallikni keyinchalik qanday kechishini to‘liq tasvirlay olmaydi. BTS
prognostik omillari turli-tuman bo‘lib, ular u yoki bu darajada bemorlar
yashovchanligiga va kasallik keyinchalik avj olishi xavfiga ta’sir qiladi. Quyidagi
maqolada prognostik modelni yaratish maqsadida ahamiyatli omillar asosida
aniqlangan qonuniyatlar va o‘zaro bog‘liqliklar yig‘indisi tahlil qilingan. So‘ngra ular
asosida ushbu kasallik uchun diagnostik va davollash algoritmi takomillashtirishga
erishilgan.