Abstract:
Kislota-asos muvozanati (kislota-ishqor muhiti, KIM) qonning eng muhim gomeostaz ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari jarayonining normal kechishi, fermentlar faolligi, shuningdek metabolizmning barcha turlari yo'nalishi va intensivligini ta'minlaydi.Fiziologik jarayonlarning normal kechishi uchun, xususan
fermentativ va metabolik reaksiyalar uchun qon va to'qimalarning bir maromdagi doimiylik reaksiyasi zarur. Odam arterial qoni pH ko'rsatkichi(37° S da ) o'rtacha 7,37 dan 7,43 gacha, o'rtacha 7,40. Ushbu ko'rsatgichlar qon plazmasiga xos ekanligin ta'kidlab o'tish
lozim. [M.M. Gorn.]