Abstract:
Terming sarg'ayib ketishi (sariqlik) nafaqat shifokorlar, balki bevosita bemor va atrofidagiiarning e'tiborini o'ziga qaratuvchi yaqqol ko'zga tashlanadigan belgi
hisoblanadi. Tegishli ravishda, sariqlikni aniqlash qiyinchilik tug'dirmaydi. Sariqlikning sabablarini aniqlash ancha murakkabroq, chunki u ko'plab yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarda kuzatiladi. Ko'pincha shifokorlar bemorda sariqlikni aniqlagach, virusli gepatit tashxisini qo'yadilar. Turli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida virusli gepatit tashxisini bekor qilish foizi 30 dan 40 foizgacha o'zgarib turadi [O.A. Dunaevskiy, 1985].