Abstract:
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish,
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻlamini kengaytirish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy
raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bosqichma-bosqich tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish
belgilangan. Bunda, davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini 2021-yil 1-iyuldan 2022-yil yakunigacha
boʻlgan muddatda Sirdaryo viloyatida aprobatsiyadan oʻtkazish va uning ijobiy natijalarini 2023-
yildan boshlab respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.
Sirdaryo viloyatining tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tajribasini tahlil qilish bu
boradagi kamchilik va muammolarni oʻz vatiqda va samarali hal qilish imkoniyatini beradi.