Abstract:
Olib borilgan turli tadqiqotlar rivojlangan davlatlarda ham
erkaklarga reproduktiv salomatligi bilan bogʻliq muammolarni hal etishga qaratilgan tibbiy yordamda
uzilishlar borligini koʻrsatadi. Bundan tashqari bepushtlikka chalingan erkaklar ayollarga nisbatan
ikki barobar kam tibbiy koʻrikdan oʻtishganini aniqlangan. Hozirgi kunda ayollar tibbiyotning
birlamchi boʻgʻinida ginekolog maslahatini olishlari mumkin, erkaklarga esa reproduktiv muammolar
bilan murojaat qilishi mumkin boʻlgan tibbiyot xodimlari yetishmaydi.