Abstract:
Ushbu ilmiy tadqiqotimizda tuxumdonlar polikistoz sindromi bilan tuxumdonlar follikulyar kistalari mavjud ayollarni tashxislash, laparoskopik davolash va tuxumdonlar zaxirasini aniqlashga asoslangan fertillikni tiklashga yo‘naltirilgan tuxumdonlarni stimulyatsiyalash natijalari keltirib o‘tilgan. Klinik tadqiqotlar natijasida, tuxumdonlarda xavfsiz strukturali o‘zgarishlari mavjud ayollarni, zamonaviy va samarali tashxislash hamda samarali davolash usullari ishlab chiqildi. Tadqiqot maqsadiga erishish va oldinga qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun, tuxumdonlar xavfsiz strukturali o‘zgarishlari bilan kasallangan 18 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lgan 80 nafar ayollar kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi. Ulardan 40 nafari tuxumdonlar polikistoz sindromi bilan kasallangan, 40 nafarini tuxumdonlar follikulyar kistalari bilan kasallangan va 20 nafarini taqqoslash guruxiga kiruvchi ayollar tashkil etdi.