Abstract:
Trombotsitar patologiyalar sababli homilador ayollarda platsenta erta koʻchishi, bachadondan qon ketishi, hayotiy muhim organlarga qon quyilishi, va tugʻruq vaqtida koʻp qon yoʻqotish hamda neonatal trombotsitopeniya nafaqat ona balki homila hayoti uchun ham xavf tugʻdiradi. Maqsad: Trombotsitopatiyalarning homilador ayollar orasida tarqalish darajasini aniqlash va akusherlik tarixini oʻrganish va klinik holatiga baho berish. Ma’lumotlar 2019 – 2023– yillar davomida trombotsitapatiyalar bilan davolangan 231 nafar homilador ayollardan olindi. Shikoyatlari, obyektiv koʻruv, akusherlik anamnezi va klinikasi oʻrganildi. Bemorlar yosh taqsimoti 18 yoshdan 47 yoshgacha (29,3±5,0) boʻlgan bemorlarning aksariyatini 26-30 yosh oraligʻida 43,86% (225/513) tashkil etdi (p=0,001).