Abstract:
Tez-tez kasallanuvchi bolalar (TKB) zamonaviy pediatriyaning dolzarb
muammolaridan biridir. "Tez-tez kasallanuvchi bolalar" atamasi bolalarda o'tkir kasalliklar
chastotasi yiliga 4 yoki undan ko'p marta kuzatilgan holatdir (JSST yilnomasi, 1980).
Ma'lumki, o'tkir respiratorli infektsiyalar barcha infektsion patologiyalarning 90% gacha
qismini tashkil etadi; o'z navbatida, barcha o'tkir respiratorli infektsiyalarning 85%i TKB
orasida qayd etilgan. Bir tomondan, bolada erta yoshda uchraydigan respiratorli infektsiyalar
immunitetni shakllantirishga yordam beradi, boshqa tomondan, ularning chastotasi yil
davomida 6 martadan ko'proq bo'lsa, immunitet to'liq tiklanmaydi. Tez-tez kasal bo'lgan bola
ko'pincha jismoniy va umumiy rivojlanishda tengdoshlaridan orqada qoladi, bu uning
jamiyatda ijtimoiy moslashuvining pasayishiga olib keladi. Oʻzbekistonda tez- tez va uzoq
muddatli kasallangan bolalar muammosi ayniqsa dolzarbdir.