Abstract:
Ushbu maqolada o‘qituvchilik faoliyati va uni to‘g‘ri tashkil etish, pedagogik mahorat, pedagogning huquqlari hamda burchlari va bunga oid savodxonlikni shakllantirishning afzalliklari haqida so`z yuritilgan. Ta’lim jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi muhim omillardan biridir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining ta’lim tizimini to‘laqonli rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. Vaholanki, sifatli va zamonaviy ta’limning asoslaridan birida sifatli pedagog
kadrlar yotadi.