Abstract:
Har yili dunyoda gepatit B virusini tashish fonida rivojlangan virusli jigar sirrozi va gepatosellyulyar
karsinoma tuyfali 40 million kishi vafot etadi. MDH mamlakatlarida bu kasallik aholining 1 foizida uchraydi [1,2].
Kasallik ko‘pincha erkaklarda kuzatiladi: xasta erkaklar va ayollar nisbati o‘rtacha 3 : 1 ga teng. Kasallik har qanday yosh guruhlarida rivojlanishi mumkin, lekin ko‘pincha 40 yoshdan keyin qayd qilinadi. Bemorlarning hayot
davomiyligi va sifati sezilarli darajada aniqlash kasallikning
bosqichiga bog‘liq. Diagnostika turli xil usullarga asoslanadi: ultratovushli tadqiqotlar, to‘qima biopsiyasi, jigar sirrozida qon tekshiruvi o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar asosida qo‘llab-quvvatlovchi terapiya beriladi, bemorga ko‘p
yillar davomida kasallik bilan yashashga imkon beradi [3].
Jigar sirrozida klinik ko‘rsatkichlarini hayot sifati bilan
bog‘liq holda o‘rganildi. Jigar sirrozida hayot sifati ko‘rsatkichlarini pasayishi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi ko‘rsatild