Abstract:
Kuzatishlardan ma‟lum bo„lishicha, xalqaro til o„qitish metodikasida nutqiy ko„nikmalarni rivojlantirish asosiy masalalardan bo„lib, uni amalga oshirish o„quv topshiriqlari sifatiga ko„proq bog„liq bo„lmoqda. Xalqaro tajribadan ma‟lumki, modul-kredit tizimi o„zining bir qator afzalliklariga egaligi bilan ajralib turadi. Bunda talabaga ta‟lim berish uni mustaqil ishlashga yo„naltirish ekanligi zamonaviy talablarga nihoyatda mos keladi.